Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshalik tarixchilar haqiqiy Jeyms Bondni topishdi

Polshalik tarixchilar haqiqiy Jeyms Bondni topishdi

Foto: «Archiwumipn»

Polsha milliy xotira instituti Jeyms Bond ismli inson mamlakatga o‘tgan asrning 60-yillarida kelganidan dalolat beruvchi hujjatlarni aniqladi. Bu haqda «Facebook»da xabar berildi.

Britaniya elchixonasida harbiy attashe bo‘lib ishlagan Jems Bond Polsha kontrrazvedka xizmati kuzatuvi ostida bo‘lgan.

Polsha maxfiy xizmatlari, josuslikda gumon qilib, mashhur film qahramonining adashini tinmay kuzatib borishgan, shunga qaramay, institut hayotdagi Bond jiddiyroq qonunbuzarlik qilgani haqida hech qanday dalilga ega emas. Arxivga ko‘ra, Bond juda ehtiyotkor va kinodagi adashi kabi ayollarning qalbiga yo‘l topishda ustasi farang bo‘lgan.


Mavzuga oid: Jeyms Bondlarning eng zo‘ri aniqlandi (foto)


Hayotdagi Jeyms Bond kamida ikki marta (1964-yil oktyabr va noyabr oylari) harbiy ob’yektlarga kirishga urinib ko‘rgani aytiladi. U 1965-yilning boshlarida Polsha hududini tark etgan.

Xuddi shu paytga kelib ingliz yozuvchisi Yan Flemingning josus Jeyms Bond haqidagi barcha kitoblari chop etilgan, ayrimlari ekranlarga ham chiqishga ulgurgandi.

Yaqin-yaqinlargacha Agent 007 — Jeyms Bond Yan Fleming yaratgan to‘qima obraz sanalardi, holbuki, hayotda uning prototiplari bo‘lgan ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring