Poroshenkoning maoshi qancha?

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko noyabr oyida 28 ming grivna (1000 dollar atrofida) maosh oldi. Davlat ishlar boshqarmasi «Ukranews» so‘roviga shu javobni berdi.
«Ukraina prezidenti P.A.Poroshenko hisobiga xizmat okladi — 28 000 miqdorida ish haqi o‘tkazib berildi. Ish haqi ko‘rinishidagi boshqa qo‘shimchalar (ustamalar, mukofot pullari va boshqalar) Ukraina prezidenti uchun belgilanmagan», deyiladi javobda.
Hisoblangan maoshdan 5 460 grivna soliqlarga ushlab qolingan.
Qolgan 22 540 grivna Poroshenkoning ko‘rsatmasiga binoan xayriya maqsadlarida (aynan qaysi ishlarga sarflangani ko‘rsatilmagan) ishlatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter