Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Portugaliyalik xasta bolalarga yordam berish maqsadida «JCh-2018»ga velosipedda yo‘l oldi

Portugaliyalik xasta bolalarga yordam berish maqsadida «JCh-2018»ga velosipedda yo‘l oldi

Foto:«RIA Novosti»

Portugaliyaning Alenker shahri meriyasida xizmat qiluvchi Elder Batishta Rossiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga velosipedda yo‘l olishi va bundan ko‘zlagan asosiy maqsadi onkologik xastaliklar bilan og‘rigan bolalarga xayriya uchun pul yig‘ish ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Sayyoh Rossiyagacha Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Litva va Latviya hududini bosib o‘tadi. Uning jami 4700 kilometr yo‘l bosishi aytilgan.

Elder 20-iyunda, Portugaliya va Marokash termalari maydonga tushadigan kunda Moskvaga yetib boradi. 21-iyunda uyga qaytishni rejalashtirgan.

«Bu turistik sayohat emas. Men pul sarflashni istamayman. Bemorlarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish uchun barcha imkoniyatni ishga solaman», —  degan Elder.  U o‘z sayohati davomida pul to‘plab saraton bilan kasallangan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi «Acreditar» xayriya tashkilotiga ko‘mak berishni niyat qilgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring