Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Puerto-Rikoda 3 nafar bolani chaqmoq urdi

Puerto-Rikoda 3 nafar bolani chaqmoq urdi

Puerto-Rikodagi plyajda chaqmoq urishi oqibatida 3 nafar bola kasalxonaga yotqizildi.

Puerto-Riko politsiyasi xabar berishicha, dushanba kuni Isabela shahridagi plyajda momaqaldiroqli ob-havo sharoitida uch bolani chaqmoq urdi. Ulardan birining ahvoli og‘ir.

7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yaqin atrofdagi Aguadilla shahridagi shifoxonaga yetkazilgan, deyiladi politsiya bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘ng‘ich bolaning ahvoli og‘ir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring