Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: «Merkelni sog‘inaman»

Putin: «Merkelni sog‘inaman»

Foto: «Kremlin.ru»

Germaniya kansleri Angela Merkel tez orada lavozimidan ketishiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z munosabatini bildirdi.

Putin o‘zi va Merkel o‘rtasida yaxshi ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilganini aytarkan, hamkasbini sog‘inishini alohida ta’kidladi.

«Albatta. Uning o‘rniga kim kelishini bilmayman. Angela bilan o‘rtamizda chin ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatilgandi, men buni juda qadrlayman», — dedi rus prezidenti Peterburg halqaro iqtisodiy forumida.

Putin Merkelning o‘z pozitsiyasini himoya qilish qobiliyati, to‘g‘riligi, ishonchliligi kabi xislatlarini yodga oldi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Angela Merkel 2005-yil noyabridan beri shu lavozimda faoliyat yuritib keladi. Bundestagga navbatdagi saylovlardan so‘ng (2021-yil, sentyabr) u katta siyosat bilan xayrlashishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring