Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Berlin konferensiyasida «yo‘qolib qoldi» (video)

Putin Berlin konferensiyasida «yo‘qolib qoldi» (video)

Foto: EPA/UPG

Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Berlindagi Liviya masalasi ko‘rilayotgan konferensiya arafasidagi fotosessiyada ko‘rinmayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qidirib qolishdi. Ushbu voqeadan olingan lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi.

Lavhadan ko‘rish mumkinki, mezbon, ya’ni Angela Merkel avvaliga BMT bosh kotibi Antoniu Gutterishdan uning yonida turib suratga tushishi lozim bo‘lgan Putinning qayerdaligini so‘ragan. Albatta, Merkel xonimning diqqati oshishi tabiiy, chunki har bir nemis kabi hisob-kitobli, aniqlikni yaxshi ko‘radi.

Keyin Makron ikkalasi Putinni izlab qolishdi.

Oradan soniyalar o‘tib Putin ko‘rindi, Makron u bilan salomlashgan, Merkel esa joyini ko‘rsatib qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring