Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin «beshinchi g‘alabasi» sari qadam tashladi

Putin «beshinchi g‘alabasi» sari qadam tashladi

Vladimir Putin

Markaziy saylov komissiyasi Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.

Putin nomzodi uchun komissiya tomonidan tasdiqlangan 60 ming imzodan 91 tasi haqiqiy emas deb topildi, bu umumiy sonining 0,15 foizini tashkil etadi. Jami shtab tomonidan 315 ming imzo topshirildi— bu o‘z-o‘zini ko‘rsatgan nomzod uchun talab qilinadigan maksimal raqam.

Putinning ishonchli vakillari — aktyor Sergey Bezrukov, saksofonchi Igor Butman, qo‘shiqchi Shaman (Yaroslav Dronov), rejissyor Nikita Mixalkov va boshqalardan iborat, jami 346 kishi edi.

Saylovlar 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Agar u g‘alaba qozonsa, bu Putinning beshinchi va qatorasiga uchinchi prezidentlik muddati bo‘ladi. 2020 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar uning vakolatlarini nolga qaytardi, bu esa unga 2024 va 2030 yillarda qayta saylanish huquqini beradi.

Saylovda, shuningdek, LDPR yetakchisi Leonid Slutskiy, Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankov, Kommunistik partiya a’zosi Nikolay Xaritonov ham ishtirok etadi. Ular ham nomzodlik guvohnomalarini olishgan.

Fuqarolik tashabbusi partiyasidan Boris Nadejdin nomzodi ilgari surilgandi. 23 yanvar kuni uning shtab-kvartirasi ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan 100 ming imzo to‘plangani haqida xabar bergandi. «Biz uni raqib deb hisoblamaymiz», dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring