Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin ishdan bo‘shatgan vazir o‘z joniga qasd qildi

Putin ishdan bo‘shatgan vazir o‘z joniga qasd qildi

Bugun,  7-iyul kuni iste’foga chiqishi ma’lum bo‘lgan Rossiyaning sobiq transport vaziri Roman Starovoyt Moskva viloyatining Odinsovo shahrida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda o‘z manbalarga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Fojiali o‘lim haqida RIA Novosti ham yozgan. 

Telegram kanallari iddao qilishicha, bir milliard rubllik firibgarlik ishi doirasida hibsga olingan Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov go‘yoki Roman Starovoytga qarshi ko‘rsatma bergan. Starovoyt viloyatni 2024-yilning mayigacha boshqargan, Smirnov esa gubernatorning birinchi o‘rinbosari va viloyat hukumati raisi bo‘lgan. 

2024-yil may oyidan boshlab u Transport vazirligini boshqargan va Vitaliy Savelevni lavozimidan chetlatgan,  o‘z navbatida bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan. Starovoyt ko‘p yillar davomida yo‘l sohasida ishlagan. 2012-yildan beri u "Rosavtodor"ni boshqargan va 2018-yil sentyabr oyida u transport vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan. 

7-iyul kuni ertalab Kreml saytida Rossiya prezidentining transport vaziri Roman Starovoytni ishdan bo‘shatish haqidagi farmoni paydo bo‘ldi. Kremlning ta’kidlashicha, iste’fo ishonchni yo‘qotish bilan bog‘liq emas, balki "davlat rahbarining qarori".

Starovoytning o‘rinbosari bo‘lgan Andrey Nikitin transport vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring