Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Kurskdagi g‘alabaga hissa qo‘shgan shimoliy koreyaliklarni e’tirof etdi – Kreml

Putin Kurskdagi g‘alabaga hissa qo‘shgan shimoliy koreyaliklarni e’tirof etdi – Kreml

O‘tgan yilning kuzidan buyon Ukraina-Rossiya mojarosida rus qo‘shinlari safida jang olib borayotgan Shimoliy Koreya harbiylari haqida turli xabarlar tarqalib kelgan bo‘lsa-da, na Moskva va na Pxenyan bu borada biror munosabat bildirmay kelayotgan edi.

Joriy yil 26-aprel kuni Rossiya armiyasi Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov Kursk viloyatini ozod qilish operatsiyasi yakunlanganini e’lon qilar ekan, jang maydonida Rossiya harbiylari bilan «yelkama-yelka» harakat qilgan KXDR harbiylariga ilk bor minnatdorchilik bildirdi.

Mavzuga doir: «Kursk viloyatida 11 ming Shimoliy Koreya askari bor» — Zelenskiy

O‘z navbatida, Shimoliy Koreyaning KCNA markaziy telegraf agentligi ham mamlakat harbiylari Ukraina qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Kursk viloyatini ozod qilish bo‘yicha janglarda qatnashgani haqida ilk marta xabar tarqatdi.

Bayonotda aytilishicha, KXDR Mehnat partiyasi Markaziy harbiy komissiyasi Shimoliy Koreya armiyasining jangovar bo‘linmalariga «ushbu operatsiyada ko‘rsatgan qahramonliklari uchun» yuqori baho bergan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In buyrug‘i bilan esa Rossiyaga yuborilgan mamlakat harbiylari sharafiga Pxenyanda «KXDR faxrli o‘g‘lonlari qahramonligini tarannum etuvchi harbiylar» yodgorligi o‘rnatiladigan bo‘ldi.

Mavzuga doir: «Bu bizning ishimiz» — Putin birinchi marta KXDR harbiylari masalasida izoh berdi

TASSning yozishicha, Putin Kursk viloyatida ukrainalik harbiylar guruhini mag‘lub etishda ishtirok etgan Koreya xalq armiyasi bo‘linmalariga minnatdorchilik bildirgan.

«KXDR askarlari Rossiyaga Ukraina qurolli kuchlarining bosqinini qaytarishda xalqaro qonunlarga to‘liq rioya qilgan holda yordam berishdi», – degan Putin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring