Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin NATO va Rossiyaning to‘qnashuvi haqida gapirdi

Putin NATO va Rossiyaning to‘qnashuvi haqida gapirdi

Rossiyaning NATOga hujum qilishi mumkinligi haqidagi G‘arb bayonotlari hech qanday asosga ega emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

«Bu mutlaqo bema’nilik. O‘ylaymanki, prezident Bayden buni tushunadi. Bu shunchaki Rossiya yo‘nalishidagi noto‘g‘ri siyosatini oqlash uchun qilingan nutq», - dedi u «Moskva. Kreml.Putin» ko‘rsatuvida jurnalist Pavel Zarubinga bergan javobida

RF rahbari shu tariqa Baydenning agar Putin «Ukrainada to‘xtatilmasa», Rossiya  NATOga hujum qilishi mumkinligi haqidagi bayonotlarini izohladi.

Putinning aytishicha, Rossiya NATO davlatlari bilan jang qilishdan manfaatdor emas.

«NATO davlatlari bilan kurashish uchun bir-birimizga hududiy da’vo qilmaymiz, ular bilan munosabatlarni buzish istagi yo‘q», dedi u.

Aksincha, deydi u, Rossiya bu davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya rahbariyati Ukrainaga aynan NATOning kengayishi ehtimoli sabab ham hujum qilgandi. Rossiya Kiyevning alyansga qo‘shilishini katta xavf sifatida ko‘rishini iddao qilib keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring