Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin «yo‘qolib qolgan» mashhur generalni ishdan bo‘shatdi

Putin «yo‘qolib qolgan» mashhur generalni ishdan bo‘shatdi

Rossiya armiyasi generali Sergey Surovikin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi. Bu haqda RBK Aleksey Venediktov (Rossiyada xorijiy agent sifatida e’lon qilingan)ga asoslanib xabar bergan.

Surovikin bu lavozimda 2017-yil 31-oktyabrdan buyon ishlab kelayotgandi.

Biroq u Mudofaa vazirligida xizmat qilishda davom etishi ma’lum qilingan, general hozirda «qisqa muddatli ta’tilda».

Eslatib o‘tamiz, Sergey Surovikin 23-iyunga o‘tar kechasi omma oldiga chiqmadi. U 24-iyun kuni qo‘zg‘olon ko‘targan Yevgeniy Prigojin bilan yaqin aloqada ekani xabar berilgandi. Shuningdek, Surovikin Moskvadagi Leforto qamoqxonasida ekani haqida ham gap-so‘zlar tarqalgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring