Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Putin Prigojinni o‘ldirdi» — Zelenskiy

«Putin Prigojinni o‘ldirdi» — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, Vagner asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan «o‘ldirilgan». Bu haqda BBC xabar berdi.

«U Prigojinni o‘ldirdi – bizda shunday ma’lumotlar bor», — dedi Zelenskiy.

Zelenskiy Putinning Prigojinning o‘limiga aloqadorligi haqida qanday ma’lumotlarga asoslanib xulosa qilganiga aniqlik kiritmagan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Prigojinning o‘limi Ukraina uchun «bir terrorchining kam degani».

Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni Yevgeniy Prigojin o‘tirgan samolyot Tver viloyatida halokatga uchradi, bortdagi barcha 10 kishi, jumladan Vagner asoschisi, shuningdek, guruh qo‘mondoni Dmitriy Utkin halok bo‘ldi. Halokat sabablari hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring