Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiya armiyasi qarshi hujumga o‘tgani sababini aytdi

Putin Rossiya armiyasi qarshi hujumga o‘tgani sababini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Xarkov shahrini bosib olish rejalarini rad etdi va keng ko‘lamli hujumni «sanitar zona» yaratish bilan bog‘ladi. 

Hozirda Xitoyda bo‘lib turgan prezident Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya Ukrainaning Xarkov shahrini bosib olish niyatida emas. Aprel oyida Putin Xarkov va Belgorod viloyatlari chegarasida «sanitariya zonasi» yaratishini aytgan va hozir bu haqda yana gapirmoqda.

Putinning bayonoti may oyida boshlangan Rossiyaning shimoliy Xarkov viloyatiga hujumi fonida yangradi. U bu hujum harakatlarini Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Rossiya hududlarini o‘qqa tutilishiga javoban sanitariya zonasi deb atalmish hudud yaratishga urinish deb atadi.

«Xarkov yo‘nalishida sodir bo‘layotgan voqealarga kelsak, Ukrainaning aybi», dedi Putin Xarbindagi matbuot anjumanida. - Chunki ular bizni o‘qqa tutmoqda va afsuski, Belgorodda portlashlar davom etmoqda. U yerda tinch aholi o‘lmoqda».

«Agar shunday davom etsa, biz xavfsizlik zonalarini yaratishga majbur bo‘lamiz. Sanitariya zonasi. Bu biz qiladigan ish. Xarkov egallashga kelsak, bugungi kunda bunday rejalar yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi Putin.

Rossiya prezidenti ilk bor 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «sanitariya zonasi» yaratish rejalarini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring