Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiyaning uchinchi poytaxti qayerda paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi

Putin Rossiyaning uchinchi poytaxti qayerda paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi

Foto: Reuters

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF)dagi chiqishi avvalida RF prezidenti Vladimir Putin Rossiya o‘zining uchinchi poytaxtiga ega bo‘lishi mumkinligini, biroq bunga jozibali shart-sharoitlarni yaratish orqali erishilishini ta’kidladi.

«Agar biz rivojlanish uchun sharoit yaratsak, iqtisodiy faollik markazlari o‘z-o‘zidan u yerga ko‘chishni boshlaydi», — dedi Putin mamlakat poytaxti Uzoq Sharqqa ko‘chishi ehtimoliga munosabat bildirarkan.

Bunga ma’muriy yo‘l bilan emas, tabiiy, bozor usullari bilan erishiladi, dedi u.

Avvalroq Putin Uzoq Sharq Rossiya uchun butun XXI asr davomida strategik istiqbol bo‘lib qolishini ta’kidlagandi. Bu makrohududga kiritilayotgan sarmoyalar dinamikasi mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravar yuqori, qolaversa, sanoat o‘sishi ham umumrossiyaviy ko‘rsatkichlardan oldinda.

Aksariyat siyosatchilar va tadbirkorlar poytaxtni mamlakat markaziga yaqinroqqa ko‘chirish g‘oyasini ilgari surib kelishadi. Ayniqsa, G‘arb sanksiyalaridan so‘ng asosiy savdo va sarmoyalar oqimi Osiyo bilan amalga oshayotgan sharoitda bu masala yanada dolzarblashgan. Biroq oddiy rossiyaliklar poytaxtni ko‘chirish g‘oyasini sovuq qarshi olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring