Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlariga to‘xtaldi

Putin Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlariga to‘xtaldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda rossiyalik harbiylarning Ukraina Qurolli kuchlarining (AFU) qarshi hujumini qaytarishdagi yo‘qotishlari haqida gapirdi.

«Agar biz qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarni olsak, bu o‘nga bir nisbatga teng. Ya’ni bizda Ukraina qurolli kuchlarining yo‘qotishlaridan 10 barobar kam», — degan Putin.

Shu bilan birga, Putin Rossiya Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibining yo‘qotishlari haqida Mudofaa vazirligi e’lon qilishi kerakligini ta’kidladi.

Putinga ko‘ra, qarshi hujum davomida Rossiya kuchlari 54 ta tankni yo‘qotgan. 

Putinning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum paytida G‘arb tomonidan yetkazib berilgan 160 dan ortiq tank va 25-30 foiz texnikani yo‘qotgan.

Rossiya rahbari, shuningdek, Ukrainaning yo‘qotishlari ular halokatli darajaga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti oy boshida Ukraina qarshi hujumni boshlaganini iddao qilib chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, urushdagi yo‘qotishlar borasida tomonla turlicha ma’lumotlar bermoqda. Yetakchi OAVLarga ko‘ra, urush sharoitida ularning qaysi biri haqqoniy ekanini isbotlash imkonsiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring