Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarib olmoqchi — The Telegraph

Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarib olmoqchi — The Telegraph

Foto: The Telegraph

Vladimir Putin 2025-yilning 20-yanvariga qadar Kursk viloyatini Rossiya nazoratiga qaytarishga buyruq berdi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri razvedka hisobotlariga asoslanib xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar sanasida AQShning yangi prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimi o‘tkaziladi.

Nashr yozishicha, Tramp AQSh prezidenti sifatida faoliyat boshlashiga qadar Kursk viloyatini qaytarib olish uchun Putin 50 000 nafar rossiyalik va shimoliy koreyaliklardan iborat qo‘shinni tashlashga hozirlanmoqda.

Britaniya razvedkasi to‘plagan ma’lumotga ko‘ra, yaqin kunlarda Rossiya Ukraina pozitsiyalari tomon kamikadze-dronlar hujumini kuchaytirishi mumkin.

Ayrim nomlari oshkor qilinmagan G‘arb diplomatlarining fikricha, Putin Kurskni tezroq qo‘lga kiritish orqali kelgusidagi muzokaralarda kengroq imkoniyatlarga ega bo‘lmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring