Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: «Ukraina tomoni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzdi»

Putin: «Ukraina tomoni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzdi»

«Biz tomonidan 8-, 9- va 10-may kunlari e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi davomida Ukraina tomoni Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasiga – xususan, Kursk hamda Belgorod viloyati bilan chegaradosh hududlarda – besh marta maqsadli hujumni amalga oshirdi.

Bundan tashqari, boshqa yo‘nalishlarda yana 36 ta hujum amalga oshirildi. Barcha hujumlar, jumladan Kursk va Belgorod viloyatlari hududiga kirish urinishlari ham qaytarildi.

Bundan ham muhimi – harbiy mutaxassislarimizga ko‘ra, bu hujumlarning harbiy ahamiyati yo‘q bo‘lib, faqatgina siyosiy maqsadlarda uyushtirilgan. Dushman juda katta yo‘qotishlarga uchradi», – deya Rossiya prezidentining so‘zlarini keltiradi Kreml.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya «G‘alaba kuni»ni nishonlash maqsadida uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy qilgandi, biroq Ukraina prezidenti sulhni 30 kunlik bo‘lishini taklif qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring