Putin Ukrainadagi ikki hudud mustaqilligini tan oldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan chegaralardagi vaziyat yuzasidan murojaat yo‘lladi va shundan so‘ng DXR va LXR suverenitetini tan olish to‘g‘risida e’lon qildi.
Rossiya prezidenti efir vaqtida ikki respublika mustaqilligini tan olish yuzasidan hujjatlarni imzolagan. DXR hamda LXR rahbarlari Pasenchik va Pushilin ham Rossiya bilan munosabatlar to‘g‘risidagi kelishuvlarni tasdiqlagan.
«Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olish zarur deb hisoblayman», — degan u.
Avvalroq Xavfsizlik kengashi a’zolari deyarli bir ovozdan DXR va LXRning mustaqilligini tan olishni yoqlashgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter