Putin va Tramp o‘rtasida telefon so‘zlashuvi bo‘lib o‘tmagan – Peskov
Kreml rasmiysi Dmitriy AQShdagi saylovlardan so‘ng Tramp va Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tganini rad qildi.
Peskovning aytishicha, bu haqdagi iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
«Bu ma’lumotlar sifatining eng yaqqol misoli bo‘lib, ba’zida hatto hurmatli nashrlarda ham e’lon qilinadi. Bu mutlaqo yolg‘on ma’lumot.
Putin va Trampning, hozircha, telefon orqali suhbati rejalashtirilmayapti», – deydi RF prezidentining matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin AQShning The Washington Post nashri Tramp payshanba kuni Putinga telefon qilib, Ukraina mojarosini to‘xtatishni muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter