Putin va Tramp suhbati: Rossiya prezidenti bayonot bilan chiqdi

Rossiya rahbari Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp navbatdagi telefon muloqotini o‘tkazdi.
Putin jurnalistlar bilan uchrashuvda amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan suhbatdan keyin asosiy fikrlarini ochiqladi. Jumladan:
Trampning qayd etishicha, Rossiya Ukrainadagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori.
Tegishli kelishuvlarga erishilgandan keyin Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish mumkin.
Rossiya Kiyev bilan bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandum ustida ishlashga tayyor.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi memorandumda o‘t ochishni to‘xtatish va kelishuv tamoyillari masalalari o‘rin olishi mumkin.
Istanbuldagi aloqalarning tiklanishi tomonlarning "umuman to‘g‘ri yo‘lda" ekanidan dalolat beradi.
Rossiya va Ukraina har ikki tomonga mos keladigan murosalarni topishi kerak.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov yoki prezident yordamchisi Yuriy Ushakov Tramp bilan suhbat tafsilotlarini keyinroq batafsil izohlashi ma’lum qilindi.
AQSh tomoni hozircha bayonot berganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter