Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Zelenskiy Markaziy Osiyoda uchrashishi mumkin

Putin va Zelenskiy Markaziy Osiyoda uchrashishi mumkin

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, agar Rossiya va Ukraina yetakchilari tayyor bo‘lsa, muzokaralar uchun joy ajratishi mumkinligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston o‘zini Rossiya-Ukraina mojarosida vositachi deb hisoblamaydi va kelajakda bunday rolni o‘z zimmasiga olishni rejalashtirmaydi

"Biz Ukraina va Rossiya o‘rtasida eng yuqori darajadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishini qo‘llab-quvvatlaymiz, biroq o‘zaro tushunishga erishish uchun dastlabki ishlarni amalga oshirish zarur. Qozog‘iston vositachi bo‘lmasa-da, agar zarurat tug‘ilsa, barcha darajadagi muzokaralar va uchrashuvlar uchun joy sifatida o‘zining “yaxshi idoralari”ni taklif qilishga tayyor", dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev. 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazish uchun bir nechta variantni taklif qilganini ma’lum qildi. “Qozog‘iston kabi joyni xohlasangiz ham, biz tayyormiz”, — dedi Ukraina rahbari. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina turli xil variantlarni taklif qilganini va "dastlab Qozog‘iston emas, balki Rossiya uchun nomaqbul davlatlarga e’tibor qaratganini" aytdi. Biroq Kreml matbuot kotibi Qozog‘istonda muzokaralar o‘tkazish tashabbusiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh bermadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring