Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinga nisbatan maxsus sanksiyalar qo‘llanildi

Putinga nisbatan maxsus sanksiyalar qo‘llanildi

Rossiya prezidenti Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiyalar ro‘yxati e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur shaxslarning AQShga kirishi taqiqlanadi hamda ularning aktivlari muzlatiladi.

Yevropa Ittifoqi ham Putin va Lavrovning aktivlarini muzlatdi, biroq ularning ittifoq hududiga kirishini taqiqlamadi.

YeI sobiq prezident, hozirda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, bosh vazir Mixail Mishustin, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev,Markaziy federal okrugdagi prezident vakili Igor Shchyogoloyevga sanksiya qo‘lladi.

Shuningdek, Rossiya moliya sektoriga, Rossiyaga neftni qayta ishlash uskunalarini, samolyotlar va aviatsiya texnikasi uchun ehtiyot qismlar eksport qilishga taqiq qo‘ydi. Rossiya temir yo‘llari va «KamAZ» kabi yirik shirkatlar ham sanksiya ro‘yxatiga kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring