Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinni hibsga olmagan Mo‘g‘ulistonga chora ko‘riladimi?

Putinni hibsga olmagan Mo‘g‘ulistonga chora ko‘riladimi?

Xalqaro jinoiy sudi (XJS) Mo‘g‘uliston Vladimir Putinni mamlakatga tashrifi chog‘ida hibsga olishdan bosh tortib, sud ishiga to‘sqinlik qilgan va Rim statutini buzganini rasman tan oldi.

Tashkilot matbuot bayonotida aytilishicha, keyingi chora-tadbirlar masalasi «Mo‘g‘uliston rad javobining jiddiyligi sababli» a’zo davlatlar Assambleyasiga yuborilgan.

Ushbu qaror Mo‘g‘ulistonni qanday oqibatlarga olib kelishi noma’lum: sudda davlatni o‘z majburiyatlarini bajarishga majburlash mexanizmlari yo‘q.

Putin shu yilning sentyabrida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgan edi. Bu tashrif Rossiya prezidentining Rim statutini imzolagan davlatga birinchi tashrifi bo‘ldi. XJS 2023 yil 18 mart kuni Putinni Ukrainadagi bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ayblab hibsga olishga order bergandi. 

Rossiya nizomni imzolamadi va sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring