Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinni tug‘ilgan kuni bilan kimlar qanday tabrikladi?

Putinni tug‘ilgan kuni bilan kimlar qanday tabrikladi?

Vladimir Putinni 70 yoshli yubileyi bilan bu yil bir nechta davlatlar rahbarlari qutlashdi, ayrimlari quruq qo‘l bilan borishmadi. Masalan, Aleksandr Lukashenko traktor sertifikatini sovg‘a qilgan bo‘lsa, Emomali Rahmon Putinning Peterburgdagi qarorgohi oldida qovun, tarvuz va mevalardan ulkan ehromlar ko‘tardi.

Lukashenkoning Putinga sovg‘asi. 
Emomali Rahmonning Putinga sovg‘asi. 
Emomali Rahmonning Putinga sovg‘asi. 

Kimlar Putinni tabrikladi?

Kim Chen In (KXDR rahbari): «Koreya-Rossiya an’anaviy munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik misli ko‘rilmagan sur’atlarda o‘sib borayotganidan xursandman».

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on (Turkiya prezidenti): «Bugun janob Putinning tug‘ilgan kuni. Men uni tabrikladim, u vositachiligimiz uchun (ukrain inqirozini yechishdagi) minnatdorlik bildirdi».

Sadir Japarov (Qirg‘iziston prezidenti) Vladimir Putinni 70 yoshga to‘lishi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Emomali Rahmon (Tojikiston prezidenti): «Siz kuchli, dono va irodali rahbar sifatida mamlakatingiz milliy manfaatlarini himoya qilishga ahd qildingiz. Shu munosabat bilan Rossiyaning rivojlanishi va gullab-yashnashiga, shuningdek, uning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissangizni alohida ta’kidlamoqchiman».

Aleksandr Lukashenko (Belarus rahbari): «Yubileyingiz bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qiling. Buyuk davlatning haqiqiy rahbari sifatida siz Rossiya Federatsiyasining mustaqil rivojlanishini ta’minlash va rus xalqining an’analari va qadriyatlarini himoya qilish uchun puxta o‘ylangan va qiyin qarorlar qabul qilasiz. Muhtaram Vladimir Vladimirovich, chin qalbimdan sizga mustahkam sog‘liq, Rossiya davlati farovonligi yo‘lida muvaffaqiyatlar, mehribon oila va ishonchli do‘stlar qurshovida uzoq umr ko‘rishingizni tilayman».

Kreml, shuningdek, Putinni Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev, Kuba va Janubiy Afrika prezidentlari — Migel Dias-Kanel va Siril Ramaposa tabriklagani haqida xabar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring