Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning mashhur generali qayerda? Rasmiy javob yangradi

Putinning mashhur generali qayerda? Rasmiy javob yangradi

Rossiya Davlat Dumasi Mudofaa qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolovning aytishicha, Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni, Ukrainadagi kuchlar birlashgan guruhi qo‘mondoni o‘rinbosari, general Sergey Surovikin «hozir dam olmoqda».

Ammo general qayerda va nima sababdan ta’tilda ekani aytilmagan.

General Surovikin 23-iyundan beri omma oldiga chiqmay qo‘ygan. Bir kun o‘tib Yevgeniy Prigojin Rostovda «adolat marshi»ni e’lon qilgandi. 

Ayrim manbalarga ko‘ra,Surovikin Prigojin bilan ijobiy aloqada bo‘lgan va ehtimoliy isyonni avvaldan bilgan. G‘arb manbalariga ko‘ra, general qo‘lga olingan va so‘roq qilinmoqda. 

Surovikin 2022-yil oktyabridan 2023-yil yanvargacha Ukrainadagi rus qo‘shinlarini boshqargandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring