Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qator davlatlar Kiyevdagi elchixonalarini bir kunga yopib qo‘ydi

Qator davlatlar Kiyevdagi elchixonalarini bir kunga yopib qo‘ydi

Qo‘shma Shtatlardan keyin Ispaniya, Italiya va Gretsiya ham 20-noyabr, chorshanba kuni Kiyevdagi elchixonalarini vaqtincha yopib qo‘yganini e’lon qildi.

EFE agentligi xabariga ko‘ra, Ispaniya diplomatik missiyasi «Ukraina bo‘ylab havo hujumlari xavfi ortishi» sababli 20 noyabr kuni xizmat ko‘rsatmasligini aytgan.

Ukrainadagi ispanlarga elektron pochta orqali yuborilgan xabarda elchixona mahalliy hokimiyatlarning barcha tavsiyalariga amal qilishni va boshpana yaqinida qolishni tavsiya qilgan.

«Italiya hukumati ham chorshanba kuni o‘z elchixonasi ishini to‘xtatadi», – deyiladi diplomatik missiya veb-saytida.

Shuningdek, Gretsiya elchixonasi ham «xavfsizlik nuqtai nazaridan» diplomatik vakolatxona tashrif buyuruvchilar uchun bugun yopiq bo‘lishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Kiyevdagi AQSh elchixonasi ehtimoliy havo hujumlari sabab vaqtincha yopilganini e’lon qilgan edi.

O‘z navbatida, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qoshidagi dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko Amerika elchixonasi ogohlantirishiga «ruslar bir necha oydan beri Ukrainaga bir qator hujumlar uchun raketa zahiralarini yig‘gani»ni aytdi.

Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Rossiya qo‘shinlari Ukraina shaharlari infratuzilmasiga hujumlarini yana bir bor kuchaytirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring