Qaysi davlatda nechta elektromobil bor?

Xalqaro elektr agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yilda 1 million donadan ziyod elektromobil sotilgan. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Ekologik toza, kamxarjligi tufayli so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda elektromobillarga talab va ehtiyoj ortib borayapti.
O‘tgan yili dunyo bo‘yicha elektromobillar soni avvalgi yilga nisbatan 55 foiz (2 million 12 mingdan 3 million 109 mingtaga ko‘paygan) oshgan.
Jahon miqyosida jami zaryadlash stansiyalari soni avvalgi yili 2,3 million atrofida bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili 3 millionga yetdi.
O‘tgan yili 1 million 579 ming dona elektromobil sotilgan. Xitoyda 579 ming dona shunday mashina trafikka chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich AQShda 198 ming, Norvegiyada 62 ming 180 dona.
Dunyo miqyosida eng ko‘p elektromobilga ega davlatlar ro‘yxati:
Xitoy: 1 227 770
AQSh: 762600
Yaponiya: 205350
Norvegiya: 176310
Buyuk Britaniya:133670
Hollandiya: 119330
Fransiya: 118770
Germaniya: 109560
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter