Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston O‘zbekistonga go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilmoqchi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilmoqchi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilmoqchi. Bu haqda Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiysi Nurdin Alisherovga tayanib Economist.kg ma’lum qilmoqda.

Nurdin Alisherovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati bilan bu boradagi «yo‘l xarita» allaqachon imzolagan va hozirda Qirg‘iziston Respublikasidan sut va go‘sht mahsulotlarini eksport qilish uchun chegaralarni ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

– Hozir Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermerlarni zotli chorva mollarini ko‘paytirishga yo‘naltirmoqda. Kuniga besh litr sut beradigan to‘rtta sigir boqishdan ko‘ra, qirq litr sut beradigan bitta zotli sigir boqilgani ma’qul, – deydi vazirlik mutasaddisi.

Alisherov so‘zining yakunida chorvachilik yo‘nalishi Qirg‘iziston uchun ayniqsa istiqbolli ekanini, doimiy o‘sish sur’atlari kuzatilayotganini ta’kidlagan. O‘z navbatida O‘zbekiston ham Qirg‘iziston uchun yangi va 36 million aholisi bo‘lgan muhim bozor hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring