Qirg‘iziston va Tojikiston mojaroga chek qo‘yilganini e’lon qildilar

Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari chegaraning umumiy uchastkasida qurolli mojaroga chek qo‘yish bo‘yicha protokol imzoladi.
Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) raisi Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi deya yozmoqda Qirg‘iziston OAVlari.
«Tojikiston tomoni bilan mojaroga chek qo‘yish bo‘yicha protokol imzolandi. Bugundan boshlab tinchlik hukmron bo‘ladi, avvalroq uylarini tashlab ketgan Laylak va Botken tumanlari aholisi qaytishi mumkin», — dedi Tashiyev.
Tojikiston tomonidan hujjat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymo‘min Yatimov tomonidan imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni ertalab Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yana qurolli to‘qnashuv boshlandi. Tomonlar bir-birini o‘q uzganlikda aybladi. Oqibatda mojaro sabab o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, Qirg‘izistonda motam e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter