Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda bugun motam kuni deb e’lon qilindi

Qirg‘izistonda bugun motam kuni deb e’lon qilindi

Qirg‘izistonda bugun motam kuni deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan mamlakat bo‘ylab hamda chet ellardagi elchixonalar va konsulliklarda mamlakat bayroqlari tushirildi.

ShUningdek, madaniyat muassasalari hamda teleradiokompaniyalarga ko‘ngilochar tadbirlar va dasturlarni bekor qilish tavsiya etilgan.

19-sentyabr holatiga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning Tojikiston bilan chegaradagi qurolli to‘qnashuvlari oqibatida jami 59 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan, 163 nafari turli darajada tan jarohatlari olgan. Mamlakat FVV bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu mojaro ortidan chegara hududlaridan 140 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.

O‘z navbatida, Tojikiston tomoni ham qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berib, ularning soni 60 nafardan ortiq ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, qirg‘iz-tojik chegarasidaga qurolli mojaro 14-sentyabr kuni boshlangan edi. Ikki davlat rahbarlarining Samarqanddagi uchrashuvidan so‘ng esa bir muddat tinchigani aytilgan qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat bugun ham keskinligicha qolayotgani xabar qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring