Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin
Qirg‘iziston parlamenti deputatlari energetik ichimliklarni taqiqlovchi qonun loyihasining konsepsiyasini ma’qulladi.
Ijtimoiy siyosat qo‘mitasi yig‘ilishida Qirg‘iziston hududiga energetik ichimliklarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni taqiqlovchi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Taqiq tashabbuskori Jogorku Kenesh deputati Ulan Bakasovning ta’kidlashicha, qonun loyihasi fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va energetik ichimliklarni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, energetik ichimlik tarkibida uch stakan kofe va 14 osh qoshiq shakar mavjud.
Ijtimoiy siyosat qo‘mitasi raisi Vinera Raimbachayevaning aytishicha, o‘zining tibbiy amaliyotida energetik ichimliklar ichish natijasida yurak xastaligi holatlariga ko‘p guvoh bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, hozir qandli diabet bilan kasallangan bolalar ham ko‘p.
Muhokama yakunlari bo‘yicha deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter