Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov «asr bitimi»ni «musulmon olamiga qarshi jinoyat» deb atadi

Ramzan Qodirov «asr bitimi»ni «musulmon olamiga qarshi jinoyat» deb atadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fikricha, ayrim musulmon xalqlari va davlatlar rahbarlarining o‘rtasidagi birlikning yo‘qligi Yaqin Sharqdagi inqirozning avj olishi uchun qulay zamin yaratgan. Bu haqda TASS yozmoqda.

«AQSh prezidenti Donald Trampning «asr bitimi» deb nom olgan Falastin-Isroil mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish rejasi butun musulmon olamiga qarshi jinoyatdir»,- deydi Qodirov.

Falastin prezidentining maslahatchisi, mamlakat oliy sudyasi Mahmud al-Xabash «xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzadigan» asrning bitimini qoralagan. «Mahmud al-Xabash va men musulmon mamlakatlaridagi mojarolar G‘arb mamlakatlarining bevosita ishtirokida qizib, kengayib bormoqda, degan fikrda birlashdik», - dedi Checheniston rahbari.

AQSh prezidenti Donald Tramp yil boshida Falastin-Isroil ziddiyatini bartaraf etish bo‘yicha o‘z taklifini e’lon qilgandi. «Asr kelishuvi» deya mubolag‘ali nom bilan atalgan tashabbusga ko‘ra, Quddus yaxlit holda Isroil poytaxti deb tan olinishi kerak.

Falastinliklar «zo‘ravonlik»dan voz kechishi evaziga ularga o‘z davlatini ta’sis etish uchun 50 milliard dollar va’da qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring