Qora dengizda 14 mingta qo‘y cho‘kib ketdi
Ruminiyada 14 mingta qo‘y olib ketayotgan kema ag‘darilib ketdi. Bu haqda «Lenta» xabar berdi.
«Queen Hind» kemasi Palau bayrog‘i ostida 24-noyabr kuni mahalliy Midiya portidan safarga chiqadi. Ko‘p o‘tmay noma’lum sabablarga ko‘ra ag‘darilib ketadi. Qafasdagi jonivorlar suv ostida qolib ketadi. Atigi bir nechta qo‘y suv yuzasiga chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Ularni qutqaruvchilar qayiqqa chiqarib olishadi.
Deyarli barcha dengizchilar, Suriyaning 22 nafar fuqarosi omon qoldi. Faqat bir kishi sovuq urishi tufayli shifoxonaga yetkazildi.
Kema Saudiya Arabistonining port shahri — Jiddaga yo‘l olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter