Qora tanli Jorj Floydni o‘ldirishda ayblangan sobiq politsiyachi qamoqxonada pichoqlab ketildi

Cobiq politsiyachi Derek Shovinga nisbatan hujum Tukson federal axloq tuzatish muassasasida sodir bo‘ldi. Hodisaga qamoqxonada xavfsizlikni ta’minlashdagi kamchiliklar va xodimlar yetishmovchiligi sabab bo‘lgan, deb xabar beradi AP News.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qamoqxona xodimlari unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga jo‘natgan. Bu, shuningdek, Tucson qamoqxonasida bir yil ichida sodir bo‘lgan ikkinchi voqea.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Jorj Floydning o‘ldirilishidan keyin politsiya zo‘ravonligi va irqiy kamsitishlarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Derek Shovin 2021 yil aprel oyida uzoq muddatga qamaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas