Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qosim-Jo‘mart To‘qayev eng ko‘p ovoz to‘pladi — Exit poll

Qosim-Jo‘mart To‘qayev eng ko‘p ovoz to‘pladi — Exit poll

«Ochiq jamiyat» xalqaro instituti Qozog‘istonda bugun, 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi Exit poll natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, eng ko‘p ovozni amaldagi davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev to‘plagan — 82,45 foiz.

Jiguli Dayrabayev — 3,33, Qoraqat Abden — 2,54, Meyram Qajiken — 2,23, Nurlan Auyesbayev — 2,17, Saltanat Tursinbekova — 2,08 foiz ovoz to‘plagan.

Saylovchilarning 5,2 foizi «hammasiga qarshiman», deya ovoz bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring