Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

17 yoshli qahramon. Besh oyda 52 mamlakat, besh qit’a, Ginnessning ikkita rekordi

17 yoshli qahramon. Besh oyda 52 mamlakat, besh qit’a, Ginnessning ikkita rekordi

Foto: Jordan Simeonov / AP

Mak Rezerford — 17 yoshda, maktab o‘quvchisi. U Yer sharini yolg‘iz o‘zi 5 oy davomida aylanib chiqib, Ginnessning ikkita rekordini o‘rnatdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Mak Rezerford o‘ta yengil «Akula» samolyoti bilan 52 mamlakat va 5 ta qit’aga uchib bordi. 17 yoshga to‘lganini havoda nishonladi.

Yer sharini yolg‘iz aylanib chiqqan eng yosh erkak-uchuvchi hamda o‘ta yengil samolyotda dunyo aylana sayohat qilgan eng yosh erkak, mana shu ikki ishi uchun Mak Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

Mak Rezerford endi bor e’tiborini o‘qishiga qaratmoqchi: oldinda katta hayotga parvoz...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring