Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston 2024 yil kuz-qishida Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilishga tayyor bo‘ladi

Qozog‘iston 2024 yil kuz-qishida Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilishga tayyor bo‘ladi

2024 yil kuz-qish mavsumida Qozog‘iston infratuzilmasi Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun tayyor bo‘ladi, Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.

Almasadam Satkaliyevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va «Gazprom» o‘rtasida gaz hajmi va narxi bo‘yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda. Qozog‘iston tomoni allaqachon tranzitni ta’minlashga tayyorligini bildirgan.

«Bu muzokaralar yakunlanganidan so‘ng biz o‘z infrastrukturamizni taqdim etamiz. Keyingi yilning kuz-qish mavsumida infrastruktura tayyor bo‘ladi. Biz bu tranzitdan va tranzit uchun haq olishdan manfaatdormiz. Umuman olganda bu Markaziy Osiyo mintaqasining energetik ta’minotini yaxshilaydi», – dedi Almasadam Satkaliyev.

Shuningdek, Qozog‘iston energetika vaziri hukumat bilan muloqotda Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida uch tomonlama gaz ittifoqi tuziladimi, degan savolni javobsiz qoldirgan,

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring