Qozog‘iston maktablarida smartfonlardan foydalanish taqiqlandi
Darslarda smartfondan foydalanish taqiqlandi: Qozog‘iston prezidenti tegishli qonunni imzoladi.
Bugun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ta’lim va bolalar xavfsizligi masalalari bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra:
- Derazalarga oyna ochilishini to‘sib qo‘yuvchi maxsus mexanizmlarni o‘rnatish majburiy qilib qo‘yiladi;
- maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalar qurilishini hisobga olmagan holda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish taqiqlanadi;
- bolalar bog‘chalarida joylarni ta’minlashning yagona ustuvorligi belgilandi;
- maktablarda mobil telefonlardan foydalanish qoidalari yangilandi.
Voyaga yetgan fuqarolar mehribonlik uylarida yashovchi yetim bolalar uchun murabbiy bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter