Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti og‘ir sharoitda yashayotgan aholining qarzi kechib yuborilishini bildirdi

Qozog‘iston prezidenti og‘ir sharoitda yashayotgan aholining qarzi kechib yuborilishini bildirdi

Foto:«Tengrinews»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev og‘ir sharoitda yashayotgan aholining qarz yukini kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

«Men hukumatga ikkinchi toifali banklar va kichik moliyaviy tashkilotlarda 300 ming tengegacha bo‘lgan iste’mol kreditlari qarzdorliklarini bir martalik qoplash bo‘yicha ko‘rsatma berdim», – dedi prezident Oq o‘rdadagi OAV vakillarini taqdirlash marosimida.

Unga ko‘ra quyidagi toifalarga yordam beriladi:

  • ko‘pfarzandli oilalar;
  • boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
  • nogiron bolalar va bolalikdan nogiron bo‘lgan 18 yoshdan oshganlari bo‘lgan oilalar;
  • yetim bolalar;
  • ota-onasiz qolgan, 20 yoshga yetmagan, voyaga yetgunga qadar ota-onasini yo‘qotgan bolalar.

Qarzlarning uzilishiga faqat qiyin ahvolda qolgan kishilar umid qilishlari mumkin. Ularning qarzlari shu yilning 1 iyuniga ko‘ra 3 mln tengedan oshmasligi kerak. Davlat bir marta bir qarzdorning ko‘pi bilan 300 ming tengesinigina qoplay oladi.

«55 foizdan ortiq qarzdorlar (250 ming kishi) uchun bu umumiy qarzdorlikning to‘liq qoplanishini bildiradi. Qolgan qarzdorlarga kelsak, qarzlarining 300 ming tengesi qoplanadi va bu ular uchun yaxshi yordam bo‘ladi»,— dedi To‘qayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring