Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Rossiyaning katta miqdorli ko‘mirlarini to‘xtatib qo‘ydi

Qozog‘iston Rossiyaning katta miqdorli ko‘mirlarini to‘xtatib qo‘ydi

Qozog‘iston hukumati qozoq hududidan o‘tib ketayotgan 1700 ta Rossiya vagonini to‘xtatib qo‘ygan. Unda katta miqdorda ko‘mir bo‘lgan.

Ushbu harakat Rossiya Qozog‘istonga neft eksportini cheklashni boshlagach, amalga oshirilgan. Bu 2 davlat o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashib bormoqda.

Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Peterburg forumidagi keskin bayonotlaridan so‘ng Rossiya Qozog‘iston nefti eksportini cheklashni boshlagandi.

Qozog‘iston prezidenti uning mamlakati DXR va LXRni tan olmasligini aytgandi. Kamiga RF davlat dumasi deputatlari va rossiyalik targ‘ibotchilarni mamlakatlar o‘rtasida adovat uyg‘otish bilan shug‘ullanishda ayblagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring