Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston temiryo‘l orqali tashishda O‘zbekistondan tariflarni pasaytirishni so‘rayapti

Qozog‘iston temiryo‘l orqali tashishda O‘zbekistondan tariflarni pasaytirishni so‘rayapti

Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi ishchi guruhining Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Qozog‘iston temiryo‘l orqali tashishda O‘zbekistondan tariflarni pasaytirishni so‘radi. Bu haqda Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston tomoni O‘zbekistonga Afg‘onistonga temir yo‘l orqali tranzit tashishda tarif imtiyozlari qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida iltimosi bilan murojaat qilgan.

«Tomonlar Qozog‘iston un mahsulotlarining O‘zbekiston orqali tranziti uchun tariflarni pasaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston hududi orqali Qozog‘istondan Afg‘onistonga un eksporti hajmi 2017-yilda tarixiy maksimal – 1,209 million tonnaga yetgan edi. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada kamaydi: 2021-yilda – 536 ming tonna, 2022-yilda – 816 ming tonna.Joriy yilning 6 oyida – atigi 275 ming tonna», – deyiladi hisobotda.

Uchrashuv ishtirokchilari temir yo‘l transportida qulay tarif shartlarini muhokama qilish va aniq takliflar ishlab chiqish uchun qo‘shma ekspert ishchi guruhini tuzishga kelishib olishgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari o‘rinbosarlari Jamshid Xo‘jayev va Serik Jumangarin ishtirokidagi yig‘ilishda tomonlar chegara punktlarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish, Qozog‘iston ko‘mirini O‘zbekistonga tashish tariflarini oshirish imkoniyatlari, Xitoy-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron multimodal transport yo‘nalishini faollashtirish masalalarini ham muhokama qilishgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring