Qozog‘iston tovuq tuxumi importini olti oyga to‘xtatdi

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi buyrug‘iga ko‘ra, bugun, 9-apreldan mamlakat hududiga tovuq tuxumini olib kirish to‘xtatildi.
Buyruqda belgilanishicha, cheklov muddati olti oy bo‘lib, Qozog‘iston hududiga tovuq tuxumini uchinchi davlatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining barcha turdagi transportlarida olib kirish man etiladi.
Faqatgina Qozog‘iston hududi orqali tuxum tranziti va YOII bir mamlakatidan ikkinchi mamlakati hududiga Qozog‘iston hududi orqali tashish bundan istisno.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi bahor-yoz davrida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llash maqsadida tovuq tuxumi importi vaqtincha cheklanganligini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter