Qozog‘iston vitse-prezidenti va bosh vaziri tayinlandi
O‘ljas Bektenov (chapda) va Yerlan Qarin.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘ljas Bektenovni respublika bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘ljas Bektenov 2024-yilning fevral oyidan buyon Qozog‘iston bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 2026-yil 28-avgust kuni Qurultoyga — yangi bir palatali parlamentga o‘tkazilgan ilk saylovlardan so‘ng bosh vaziri vazifasini bajaruvchiga aylangandi. Muqaddam u Iqtisodiy va korrupsiyaga qarshi jinoyatchilikka qarshi kurashish agentligi hamda Prezident administratsiyasida ham faoliyat yuritgan.
Shuningdek, To‘qayev Yerlan Qarinni respublika vitse-prezidenti lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni ham imzoladi. U 2019-yildan beri prezident yordamchisi, davlat kotibi va davlat maslahatchisi bo‘lgan, 2026-yilning iyunidan esa Prezident administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
2026-yil 1-iyulda tashkil etilgan Qurultoyga ilk saylovlar 23-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinni 71,17 foiz ovoz to‘plagan «Adilet» partiyasi qo‘lga kiritdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter