Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Qozog‘istonda 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 9 iyul kuni Olmaotadan 266 kilometr uzoqlikda 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «Tengrinews» xabar berdi.

Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi seysmik stansiyalar tarmog‘i taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 9 iyul kuni tushdan keyin Olmaota vaqti bilan soat 14:54 da qayd etilgan.

Aniqlanishicha, zilzila markazi Xitoyda joylashgan. Magnituda 4,8 ballni, zilzila chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring