Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda dahshatli sovuq: avtomagistrallarda 2,5 ming avtomobil qolib ketdi

Qozog‘istonda dahshatli sovuq: avtomagistrallarda 2,5 ming avtomobil qolib ketdi

Qozog‘istonda ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan 16 ta viloyatdagi respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining 100 ta uchastkasida harakatlanish cheklovi joriy etildi, xabar bermoqda Zakon.kz.

«Qazavtojol»ning ma’lum qilishicha, ayni damda respublika yo‘llarida qor, shamol, bo‘ron kuzatilmoqda, ko‘rish imkoniyati cheklangan, o‘z-o‘zidan qor ko‘chkisi xavfi, yo‘llar muzlab, havo harorati keskin pasaymoqda.

Respublika ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarining butun tarmog‘i bo‘yicha cheklov 13261 km.ni tashkil etgan. Yo‘llarda 2489 ta transport vositalari qolib ketgan (2452 yuk, 35 yo‘lovchi, 2 jamoat).

16 fevral kuni Qozog‘istonning 13 viloyatida bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Respublikaning aksariyat hududlarida sovuq -36 darajagacha tushishi, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring