Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi konda halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi

Qozog‘istondagi konda halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘lganlar soni 35 taga yetdi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

10 nafar konchini qidirish davom etyapti. Qutqaruvchilar tunu-kun smenada ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28-oktyabrga o‘tar kechasi ArcyelorMittal Temirtau kompaniyasiga qarashli Kostenko konida portlash sodir bo‘lgan va bu vaqtda konda 252 nafar ishchi bo‘lib, ularning 205 nafari yuqoriga olib chiqilgan edi.

Ayni paytda, konda halok bo‘lgan ishchilarning shaxslariga aniqlik kiritilmoqda.

Konda ko‘mir qazib olish ishlari bir kunga to‘xtatildi. 10 kishini yer ostida qidirish davom etmoqda.

Bugun, mamlakatda motam kuni: mamlakat bo‘ylab bayroqlar tushirib qo‘yildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring