Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi konda portlash yuz berdi

Qozog‘istondagi konda portlash yuz berdi

Bugun Qozog‘istonnning Atirau viloyatidagi Tengiz konida portlash sodir bo‘lib, ikki ishchining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Atirau viloyati politsiya boshqarmasi xabar berdi.

«6-iyul kuni taxminan soat 09:55 da Jilyoy tumanidagi Tengiz konida quvur portlab, 1985-yilda tug‘ilgan ikki nafar ishchi halok bo‘ldi. Turli tan jarohatlari olgan uch nafar ishchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan «Ehtiyotsizlik oqibatida inson o‘limiga sabab bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring