Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonga -40 darajali qahraton kirib keldi

Qozog‘istonga -40 darajali qahraton kirib keldi

Qozog‘istonga sovuq arktik havo kirib keldi. Sharqda harorat minus 42 darajagacha tushdi.

Mamlakat bo‘ylab noqulay ob-havo hukm surmoqda, sinoptiklar qor va bo‘ron bo‘lishi taxmin qilmoqda. Shimoliy Qozog‘iston, Abay, Qarag‘anda, Pavlodar va Jetisu viloyatlarida yo‘llarning ko‘rinishi yomonlashgan va minus 30 darajadan past bo‘lgan sovuq yopirilgan. Avtomobillar bunday past haroratga bardosh bera olmayapti, ulardagi yoqilg‘i muzlab qolmoqda.

Kecha tunda Oqmo‘la viloyatida yo‘lda qolib ketgan 80 nafardan ortiq odam qutqarib olindi. Ular orasida O‘zbekiston , Rossiya va Tojikiston fuqarolari bor. Ular issiq xonalarga joylashtirilgan va issiq choy berilgan. Qurbonlar yo‘q.

Politsiya odamlardan o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslikni va uzoq safarlardan voz kechishni so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring