Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi. U elchilik lavozimidan olingan.

Qozog‘iston prezidenti Satibaldi Darxan Amangeldiulini Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi lavozimidan ozod qiliish va Turkiston viloyati hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi.

Darxan Satibaldi 1974-yilda Sariog‘osh tumanida tug‘ilgan.

«Qұrmet» ordeni va «Yeren yeңbegі үshіn» medali bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiston viloyatining hokimi Umirzak Shukeyev Kentau tumani sobiq hokimining pora olib 10 yil ozodlikdan mahrum etilgani bois iste’foga chiqish borasida murojaat qilgan edi.

2006-2007 yillarda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Asqar Mirzaaxmedov ham avvaliga «Janub» ijtimoiy-iqtisodiy korporatsiyasi»  Milliy kompaniyasi rahbari, 2009 yildan esa Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi etib tayinlangan edi. Keyinchalik u Qishloq xo‘jalik vaziri va Jambul viloyati hokimi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring