Qozoq amaldori o‘z joniga qasd qildi

Qozog‘istonda «Operator ROP» direktori Ruslan Shamshiyevning murdasi topildi. Bu haqda qozoq matbuoti xabar berdi.
Nur-Sultondagi politsiya mahkamalaridan biri ushbu suiqasd bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti.
Ruslan Shamshiyev «Operator ROP» kompaniyasiga 2021 yilda direktor bo‘lgandi. Bugun ertalab kompaniya egasi Medet Kumargaliyev qo‘lga olingan. Qozoq matbuoti «Operator ROP»ni Nursulton Nazarboyevning qizi Aliya bilan bog‘lashmoqda.
Qozog‘istondagi tartibsizliklarga qadar kompaniya utilizatsiya yig‘imi bilan shug‘ullangan. Ammo 11 yanvarda prezident To‘qayev uning faoliyatini tanqid qilib, kompaniya vazifalarini davlat tuzilmasiga o‘tkazishni taklif qilgandi. Keyinroq shunday ham bo‘lgan, aktivlari esa musodara qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter